17:14 / 27.05.2018
15844

Oyga parvoz qilgan Alan Bin vafot etdi

Oyga to‘rtinchi bo‘lib parvoz qilgan inson - Alan Bin 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bugunga kelib Oyga parvozni amalga oshirgan 12 kosmonavtdan 4 nafari hayot: Bazz Oldrin (88 yosh), Deyv Skott (85 yosh), Charli Dyuk (82 yosh) va Xarrison Shmit (82 yosh). 

Ostin Bin Texas universitetida muhandis darajasiga erishganidan so‘ng dastlab flotda uchuvchi, keyin esa sinovchi-uchuvchi bo‘lib xizmat qildi. 1963 yilda u astronavtlar safiga qo‘shildi. Keyinchalik Bin 1969 yilda Oy sathiga qo‘ngan ikkinchi ekspeditsiya hisoblangan  "Apollon-12" ekspeditsiyasining oy moduli uchuvchisi bo‘ldi. 

1981 yilda Bin NASA'ni tark etdi. "Apollon-12" ekspeditsiyasi missiyasi qanday o‘tganiga doir suratlar quyida taqdim etiladi:

Foto: NASA

Astronavt Charlz Konrad Oy sathiga AQSh bayrog‘ini o‘rnatmoqda, 1969 yil 19-20 noyabr

Foto: NASA

Charlz Konrad Oy qurilmasida qo‘nish elementlari ustida ishlamoqda, 1969 yil 25 oktabr

Foto: NASA

Astronavtlar Charlz Konrad va Alan Bin parvoz oldidan tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tashmoqda, 1969 yil 6 oktabr

Foto: NASA

Charlz Konrad va Alan Bin yerda Oy sathini imitatsiya qiluvchi joyda mashq qilishmoqda. Ularning tanasiga kameralar, konteynerlar va Oyda qo‘llaniluvchi qurilmalar mahkamlangan, 1969 yil 10 oktabr

Foto: NASA

Alan Bin Yerdagi 1/6 gravitatsiya simulyatsiyasi vaqtida

Foto: NASA

"Apollon-12" missiyasi uchuvchilari Charlz Konrad, Richard Gordon va Alan Bin

Foto: NASA

"Apollon-12" missiyasi uchuvchilari Charlz Konrad, Richard Gordon va Alan Bin

Foto: NASA

Alan Bin Xyustondagi festivalda skafandrda

Foto: NASA

"Apollon-12" raketasi, 1969 yil 8 sentabr

Foto: NASA

Yerga qo‘nishdan avval suratga olingan Oy sathi, 1969 yil 19 noyabr

Foto: NASA

Astronavt Alan Bin Oy sathida, 1969 yil 19 noyabr

Foto: NASA

Astronavt Charlz Konrad Oy tuprog‘i namunalarini yig‘moqda, 1969 yil 19-20 noyabr

Foto: NASA

Astronavt Alan Bin Oy sathida ilmiy uskunani o‘rnatmoqda, 1969 yil 19 noyabr

Foto: NASA

Astronavt Alan Bin Oyda, 1969 yil 19 noyabr

Foto: NASA
Top