12:07 / 07.06.2018
14529

NATO sobiq bosh kotibi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush haqida o‘z fikrini aytdi

Foto: Reuters/Pixstream

NATO sobiq bosh kotibi Anders Fog Rasmussenning ma'lum qilishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida bir necha yil muqaddam harbiy to‘qnashuv yuz berganida, Rossiya armiyasi bir necha kun ichida g‘alaba qozongan bo‘lardi. Bu haqda u Die Welt gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Agarda Rossiya buni xohlasa, rus qo‘shinlari Ukrainani bir necha kun ichida bosib olishi mumkin edi», - degan Rasmussen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda kuchaygan Ukraina armiyasi Rossiya armiyasi hujumini tiyib turishda yaxshi foyda bermoqda.

Shuningdek, sobiq bosh kotibning aytishicha, Shimoliy Atlantika Alyansi mamlakatlari Rossiya armiyasi hujumiga tayyor, biroq mojarolarga diplomatik yo‘l bilan yechim topishni ma'qul ko‘radi.

Rasmussenning qayd etishicha, NATO Rossiyaning alyansga kirishi masalasini ko‘rib chiqqan bo‘lardi, ammo Moskvadan hech qachon bunday murojaat kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrimda suv bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top