17:53 / 13.06.2018
20255

Ivanka Tramp «Xitoy maqoli» tufayli kulgiga qoldi

Foto: AFP

AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp internet foydalanuvchilari tomonidan kulgiga qoldi, bunga u xitoycha maqol deb aytgan tvitni e'lon qilgani sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda «Bi-bi-si».

«Buni qilish mumkin emasligini aytadiganlar, buni qilayotganlarga xalaqit berishi kerak emas. Xitoy maqoli», - deya yozgan Ivanka Tramp tvitterdagi o‘z sahifasida.

Biroq, uning AQSh va Xitoydan bo‘lgan obunachilari bu Xitoy maqoli emasligini aniqlashib, prezident qizining ustidan kulishni boshlashgan.

Foydalanuvchilar yozuvga qoldirilgan izohlarda shunday gaplarni yozib, ularga maqol, deya ta'rif berishgan.

«Agar sen uzumni tatib ko‘rmagan bo‘lsang, unda uni nordon, deb aytma».

«Internetda Xitoy maqollarini e'lon qiladiganlar, ularni avval tekshirib ko‘rishlari kerak».

Foydalanuvchilardan biri esa, Ivanka bu gapni taxminlar yoziluvchi pechenelarda topib olgani bilan qiziqqan.

Yozuv Ivanka Tramp sahifasidan hamon o‘chirib yuborilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In alomat yigit ekanini aytgandi

Mavzuga oid
Top