AQŞ prezidenti Donald Trampning Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In unga «alomat va juda aqlli yigit» bölib köringan, u strategik fikrlaydi.

«U alomat va juda, juda aqllidir. U ajoyib muzokaraçi, strategik fikrlaş qobiliyatiga ega bölgan yigit», - degan Tramp.

Uning qöşimça qilişiça, Kim Çen In bilan darhol til topişib ketgan. Şuningdek, Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi haqidagi avvalgi bayonotlaridan voz keçmagan. Uning fikriça, ular bölmaganda Şimoliy Koreya rahbari bilan muzokaralar ham amalga oşmasdi. Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar prezidentining qöşimça qilişiça, u tajovuzkor bayonotlar davrida özini ba'zida «ahmoqdek» his qilgan, biroq uni davom ettiriş lozim, deb hisoblagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR kelajagi haqidagi rolik e'lon qilingani xabar berilgandi.