Xorijdagi dipmissiyalar faoliyatini keskin o‘zgartirish bo‘yicha choralar belgilandi
2018 yilning 14 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Hay'ati majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Majlisga raislik qilgan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov nutqida, vazir o‘rinbosarlari hisobotlarida TIV markaziy devoni va xorijdagi vakolatxonalari faoliyati har tomonlama tahlil qilindi, bunda davlat rahbarining 2018 yil 5 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas'uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 5400-sonli farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 3654-sonli qarorida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosiga asosiy e'tibor qaratildi.
Hay'at tomonidan qabul qilingan qarorda vazirlik devoni va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari ishiga tanqidiy baho berildi, shuningdek, ular faoliyatini keskin o‘zgartirish bo‘yicha choralar belgilandi.
Mavzuga oid
07:31 / 04.08.2022
Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlov amalga oshirildi
08:43 / 30.06.2022
Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasida yangi boshqarma tashkil etildi
12:37 / 21.06.2022
Xitoy elchisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi
12:43 / 04.05.2022