14:22 / 15.06.2018
7001

Ohangaronda qorovul o‘z ish beruvchisini tunab ketdi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi D.A. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, u shu yil 5 iyunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Toshkent viloyatining Ohangaron shahri hududida joylashgan “Yangiobod qurilish” MChJ binosiga devor oshish yo‘li bilan kirib, u yerdan 6ta elektrodvigatel, 6ta regulyator uskunalari, 1ta elektr payvandlash uskunasi, 3ta gaz balloni va uzunligi 50 metr bo‘lgan kabellarini o‘g‘irlab ketganligi ma'lum qilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Ohangaron tumanida yashovchi, yuqoridagi MChJ qorovuli X.Ch. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Top