12:19 / 21.06.2018
6192

Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramay, Eron bilan hamkorlik davom etishini ma'lum qildi

Foto: TASS/Imago/Xing Guangli

Xitoy Tijorat vazirligi vakili Gao Fenning ma'lum qilishicha, Pekin AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga qaramay, Tehron bilan hamkorlikni davom ettiradi. 

Gao Fenning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Eron tomoni o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni ushlab turibdi. Uning ta'kidlashicha, Xitoy bir tomonlama sanksiyalarga qarshidir. Shuningdek, uning bildirishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi yilning birinchi to‘rt oyi davomida 13,21 mlrd dollarni tashkil etdi.

«Biz Eron bilan normal savdo-iqtisodiy aloqalarni ushlab turishda davom etamiz hamda bu o‘zimizning xalqaro majburiyatlarimizga zid bo‘lmaydi», - deya aytib o‘tdi Fen.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh fermerlariga ziyon yetkazishga va'da bergandi.

Mavzuga oid
Top