18:13 / 24.07.2018
6643

Ofislarda uyqu uchun texnologik kapsulalar ommalashmoqda

Foto: Terrence Antonio James / Chicago Tribune

Ishxonada uxlash fikri hozirda salbiy munosabat uyg‘otmay qo‘ydi. Tobora ko‘plab kompaniyalar xodimlarga ishxonada uxlashga ruxsat berishyapti. Buning uchun maxsus xonalar ajratilmoqda yoki boshqa holatlarda maxsus kapsulalar o‘rnatishyapti. Bunday yondashuv xodimlarning samaradorligini oshirishi mumkin,deya hisoblanmoqda.

AQShdagi kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish Markazlari ma'lumotlariga ko‘ra, amerikaliklarning uchdan biri bir kunda yetti soat uxlamaydilar.  Bu esa salomatlikdagi bir necha muammo va ishdagi xatolarga olib keladi. Uyquning yetishmasligi AQShga 411 milliard AQSh dollariga tushmoqda, bu esa samarasiz uyqu sabab yo‘qotilgan 1,23 million ish kuniga teng.

Google’ga o‘xshagan kompaniyalar mana deyarli o‘n yildirki xodimlarga uyqu uchun xonalar yaratgan, biroq ko‘pchilik bu afzallikdan foydalanmaydi. Ba'zi korporativ madaniyatlarda yomon uyqu – maqtanish uchun sabab.

“Odamlar o‘zining to‘yib uxlamasligi bilan faxrlanadi. Qat'iyat bilan ishlayotgan xodimlar oldida uxlashni tasavvur etish mushkul. Bu fikr hurmatga sazovor bo‘lmaydi”, - deydi Irvayndagi Kaliforniya universiteti kognitivistika professori va kunduzgi uyquning afzalliklari to‘g‘risidagi kitoblar muallifi Sara Mednik.

Biroq so‘nggi yigirma yilda korporativ madaniyat asta-sekin o‘zgardi. Eastlake Studio arxitektura kompaniyasi dam olish uchun sokin xonalarni loyihalashtirishga talab o‘sayotganini  aytgan. 

“Kompaniyalar odamlar quvvat oladigan joyni izlashyapti xolos. Shovqindan xoli bo‘lish va kunduzgi uyquni o‘z xodimlariga taklif etishmoqchi”, - deya tushuntirdi Eastlake asoschisi Tom Zurovski.

Shunga qaramay, ofisdagi uyqu amaliyoti hali hamma barcha tomonidan qabul etilmayapti. Odamlar hamkasblaridan yashirincha mizg‘ib olish uchun qiziq usullarni o‘ylab topmoqdalar. Masalan, mashinada, bog‘dagi o‘rindiqda, kutubxona yoki qahvaxonada.

Sayyoraning boshqa qismlarida kunduzgi uyquga boshqacha munosabat mavjud. Xitoydagi Milliy uyqu jamg‘armasi ma'lumotlariga ko‘ra, tushlikdan so‘ng xodimlar ish stolida uyquga ketishadi.

Shunga qaramay, ofislarda kunduzgi uyqu uchun joyga talab mavjud va ba'zi ishlab chiqaruvchilar buning uchun maxsus kapsulalarni o‘ylab topishdi.

Ikkita yevropalik ishlab chiqaruvchi o‘tgan yili Chikagodagi NeoCon ko‘rgazmasida uyqu uchun yangi kapsulalarni namoyish etishdi.

Silence Business Solutions fransuz kompaniyasi La Boite a Reve’ni 19 ming AQSh dollariga (“uyqu uchun quti”) – “qayta tiklanish uchun yog‘och qobiq”ni chiqardi. Ovozdan himoya qilingan, derazalarsiz kapsula foydalanuvchi 15 daqiqalik tanaffusda qo‘llaydigan 12 ta yorug‘lik va ovoz rejimlarini taklif etadi. Qutida kichik, biroq qulay karavot ham bor.

NapQ — divanli burchakka aylanadigan ish stansiyasi.  

Foto: Antonio James / Chicago Tribune

O‘tgan yili Angliya “uyqu uchun quti” bo‘yicha ilk marta urinishlarni amalga oshirgan edi. Uni L’Oreal va OVH xarid qilishdi.

Fin kompaniyasi Framery ham hordiq uchun kapsulani namoyish etdi. Narxi 20 ming AQSh dollari bo‘lgan xonada karavotga aylanadigan ikkita divan bor.

Kamchiligi: uxlayotgan odam hammaning ko‘z o‘ngida bo‘ladi.

“Xodim o‘zini xoli qolgandek sezishi uchun uni pardaga o‘xshash narsa bilan yopib qo‘yish mumkin”,  - deya taklif qildi mijozlarning iltimosiga ko‘ra ikki yil avval uyqu uchun kapsulalarni ishlab chiqarishni boshlagan Framery’ning bosh direktori Samu Xallfors.

Xallfors kompaniya foydalanuvchilar uchun eng yaxshi xonani yaratish maqsadida mustaqil tadqiqotlar o‘tkazganini ta'kidlagan.

Foto: The Guam Daily Post. NapQ

Hudson Everly’da mahsulotni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi menejyer va Florida universitetidagi sobiq futbolchi Pol Ritten shaxsan o‘zi “uyqu uchun quti”ni sinab ko‘rdi. U eshikni yopib ichgariga kirganida tashqarida kapsula bandligini bildiradigan qizil chiroq yondi.

Bir necha daqiqadan so‘ng eshik ochilib, undan kapsulaning qulayligidan xursand ko‘rinishdagi Ritten yuzida tabassum bilan chiqib keldi.

Silence Business Solutions komapaniyasi The Dream Box — 12 xil yorug‘lik va ovozli atmosferaga ega qayta tiklanish uchun qobiq Hudson Everly’ni taklif etmoqda.

Foto: Terrence Antonio James / Chicago Tribune

Ritten 80-yillarning o‘rtalarida Floridada trener Charli Pel rahbarligi ostida futbol o‘ynagan vaqtda kunduzgi uyquning afzalligi haqida bilib qolgan. Bu odatni u o‘zi bilan biznes dunyosiga ham olib kirdi.

Hozir kompaniyada bir necha divan, kreslolar va televizorga ega hordiq uchun kichik xona mavjud. Ritten u yerda 15 daqiqa dam oladi.

“Biz ishga erta kelamiz va kech ketamiz. Ba'zida qayta quvvat olish, yorug‘likni o‘chirish va ko‘zlarni yumish uchun bir necha daqiqa kifoya”, - deydi u.

Rittenga kapsula yoqqan bo‘lsa-da, uning narxi (19 ming dollar) qimmatlik qildi.

“Suyanchig‘i tushiriladigan kresloga taqqoslaganda qimmatroq. Kresloni 400 dollarga sotib olishimiz mumkin”, - dedi u.

 

Top