08:38 / 25.07.2018
13715

Uayt: «Povetkin qo‘rqoqlik qildi»

Foto: wrestlingua.com

Super og‘ir vazn toifasida WBC Silver kamari sohibi bokschi Dillian Uayt rossiyalik Aleksandr Povetkin haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon chempioni nomiga da'vogar bo‘lgan sportchi u bilan jangdan qo‘rqoqligi tufayli voz kechdi.

«Povetkin - yaxshi bokschi, biroq u qo‘rqdi. Men unga jang taklif qildim, u rozi bo‘ldi, ammo ikki haftadan so‘ng u va uning jamoasi bundan bosh tortdi. Men u bilan jang qilib, ishqibozlarimiz hamda Devid Prays uchun g‘alaba qozonmoqchi edim», - deya britaniyalik bokschining so‘zlarini keltiradi BoxingScene.

Top