21:46 / 16.11.2023
22634

WBC Toshkentda 2023 yildagi eng yaxshi bokschisini e’lon qildi 

Butunjahon boks kengashi meksikalik Saul Alvaresni tengsiz deb topdi. 

Foto: UzA

Toshkentda Butunjahon boks kengashi (WBC) 61-konvensiyasi doirasida tashkilotning bir qator yo‘nalishlarida yilning eng yaxshilari e’lon qilindi. 

Jumladan, ikkinchi o‘rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares WBC 2023 yildagi eng yaxshi bokschi sifatida e’tirof etildi. 

33 yoshli Alvares professional boksdagi so‘nggi jangini joriy yil sentabrida Jyermell Charloga qarshi o‘tkazib, hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan. Shu tarzda Saul WBA (Super), WBC, IBF, WBO va The Ring kamarlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

 

Top