O‘zbekiston | 18:22 / 31.07.2018
12703
1 daqiqa o‘qiladi
Bo‘stonliq tumani tog‘larida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borildi
Joriy yilning 29 iyul kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro D.Abduvaliyev yordam so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, sayohatchilar Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘larida adashib qolgan.
«Chimyon» qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga chiqishib qidiruv ishlarini boshlab yuborishdi.
30 iyul kuni erta tongda soat 05:30da adashib qolganlar topildi.
Qutqaruvchilar tomonidan adashib qolganlarga yordam ko‘rsatilib, aholi punktiga evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid
17:08 / 06.12.2024
Prezident Bo‘stonliqda turistik majmua qurilishi va GES faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 06.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqda bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
10:46 / 15.11.2024
Qoidabuzarlik qilgan FVV avtomobili haydovchisi jarimaga tortildi
19:07 / 12.11.2024