Lukashenko «insult»dan so‘ng omma oldida ko‘rinish berdi
31 iyul kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi Anatoliy Isachenko bilan uchrashdi. Bu haqda BelTA davlat axborot agentligi xabar bermoqda.
Respublika rahbari mintaqadagi hosilni yig‘ib olish holati, go‘sht-sut kompleksini rivojlantirish va yo‘l qurilishi bo‘yicha hisobotni tingladi.
Lukashenko Isachenko bilan uchrashib, so‘nggi bir necha kun ichida omma oldida birinchi marta ko‘rinish berdi. 30 iyul kuni «Nezigar» Telegram-kanali va Ukrainaning «Delovaya stolitsa» nashri Belarus prezidentida insult yuz bergani haqida xabar qildi. «Nezigar»ning ta'kidlashicha, aynan insult va kasalxonaga yotqizilgani sababli Lukashenka Gomelga tashrifini bekor qilgan.
Bundan oldin Telegram-kanal Lukashenko qandli diabetdan aziyat chekishi va salomatlik bilan bog‘liq katta muammolarni boshdan kechirayotgani haqida xabar bergandi. «Nezigar» mualliflarining xabar berishicha, Belarus rahbari «so‘nggi vaqtlarda juda ko‘p uxlamoqda, ko‘p ovqat yemoqda va kuniga 4-5 soat ishlamoqda».
Belarus prezidentining matbuot xizmati insult haqidagi xabarlarni «uydirma», deb atadi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.12.2024
Lukashenko: Belarusda o‘nlab yadroviy kallaklar bor
02:18 / 07.12.2024
Putin va Lukashenko xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
23:47 / 23.11.2024
Lukashenko polshalik qochoq sudyaga boshpana taqdim etdi
21:16 / 22.11.2024