14:56 / 02.08.2018
25186
Reklama

Yangi “OASIS” akvaparki bilan yozning so‘nggi oyini maroqli o‘tkazishga shoshiling!

Yaqinda Chilonzor tumani hududida O‘zbekistondagi eng katta cho‘milish basseyni hamda sun'iy to‘lqinli 235 metr uzunlikdagi ariqqa ega bo‘lgan akvapark ochildi.

Foto: OASIS

Ushbu yangi ochilgan “OASIS” akvaparki Chilonzor tumani 6-mavzesidagi, mahalliy aholi orasida “Toshkent viloyati shifoxonasi” deb yuritiladigan ma'muriy bino hamda  Green City turar-joy kompleksi o‘rtasida, ya'ni metroning “Novza” va “Mirzo Ulug‘bek” bekatlari oralig‘ida joylashgan.

Foto: OASIS

Akvapark hududida 2 ming kvadrat metrni tashkil qiladigan to‘lqinli yirik basseyn hamda uzunligi 235 metrni tashkil qiladigan harakatlanuvchi to‘lqinli ariq ham o‘rin olgan.

Foto: OASIS

“OASIS” bir vaqtning o‘zida 2 ming kishini qabul qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, akvapark hududida yuvinish xonasi, zamonaviy kiyinish xonasi, bolalar uchun mo‘ljallangan va oilaviy basseyn, fudkort, katta suv sig‘imiga ega ajoyib dush ham mavjud. Bir so‘z bilan aytganda, akvaparkka tashrif buyuruvchilar o‘ziga xos yaxshi kayfiyat va bir olam quvonch bilan ortga qaytadilar.

Akvaparkka kirish pullik bo‘lib, kattalar uchun chipta narxi 45 000 so‘m, 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 25 000 so‘m, faqatgina 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar bepul kirish imtiyoziga ega.

Foto: OASIS

Shoshiling superaksiya!

Superaksiya davomida, ya'ni 1 avgustdan 31 avgustgacha akvaparkka tashrif buyurgan 15 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga 20% chegirma taqdim qilinadi (pasport yoki uning nusxasi ko‘rsatilishi zarur).

Bundan tashqari, 1 avgustdan boshlab mavsum oxirigacha “OASIS” akvaparkiga kun bo‘yi kirish kattalar uchun 55 000 so‘m, bolalar uchun 35 000 so‘m qilib belgilandi. Shoshiling, yozni “OASIS” da maroqli o‘tkazing!

Akvapark ish vaqti: soat 10:00 dan 21:00 gacha (chiptalar 19:00 gacha sotiladi).

Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 4-a uy

Mo‘ljal: “G‘afur G‘ulom” istirohat bog‘i  qarshisida

Facebook: www.facebook.com/oasis.akvapark

Telyefon: (+99897) 455-51-11

 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top