00:36 / 03.08.2018
9201

«Milan» Gonsalo Iguain transferini e'lon qildi

«Milan» klubi «Yuventus» hujumchisi Gonsalo Iguain bilan shartnoma imzoladi.

Uning transfer narxi e'lon qilinmadi. Ammo, avvalroq Iguain «Milan» tomonidan 18 million yevroga ijaraga olinishi, mavsum oxirida esa 36 million yevro evaziga to‘liq sotib olinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Iguain «Milan» klubida yiliga 8,5 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, «Yuventus» ham unga 1 million yevro maosh to‘laydigan bo‘ldi.

Top