Jahon | 00:16 / 05.08.2018
18681
1 daqiqa o‘qiladi

Stiven Sigal Rossiya tashqi ishlar vazirligida lavozimga ega bo‘ldi

Foto: RIA Novosti / Ramil Sitdikov

Taniqli aktyor Stiven Sigal Rossiya-Amerika gumanitar aloqalari bo‘yicha Rossiya TIVning maxsus vakili etib tayinlandi, deyiladi tashqi ishlar vazirligining  Facebook’dagi sahifasida.

Ma'lum qilinishicha, Sigalning asosiy vazifasi Rossiya va AQShning gumanitar yo‘nalishdagi munosabatlarini yanada rivojlantirish bo‘ladi.

TIV shuningdek, Sigal maosh to‘lanmaydigan "ijtimoiy-siyosiy lavozim"ni egallashini ta'kidlagan.
"Menda Rossiya-Amerika munosabatlarini yaxshilashga yordam berish uchun hamisha kuchli xohish bo‘lgan", — degan Sigala RT telekanaliga intervyusida.

Aktyorning aytishicha, u ikki mamlakat munosabatlarini yaxshilash bilan uzoq vaqtdan buyon norasmiy ravishda shug‘ullanib kelgan.

"Bu ishni rasman amalga oshirish imkoniyati berilganidan minnatdorman", — deya ta'kidlagan u.
Sigal 2016 yilda Rossiya fuqaroligini olgan. U shuningdek, AQSh va Serbiya fuqarosi ham hisoblanadi.

Mavzuga oid