16:42 / 16.08.2018
5177

Sport TV Osiyo o‘yinlari translyatsiyasi huquqini qo‘lga kiritdi

Sport telekanali Indoneziyada o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarini namoyish qiladigan bo‘ldi. Bu borada olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, Osiyo o‘yinlarini namoyish qilish huquqi qo‘lga kiritildi.

Natijada, nufuzli musobaqa telekanal orqali to‘liq translyatsiya qilinadigan bo‘ldi. 

Xususan, soat 17:00da boshlanadigan Qatar – O‘zbekiston o‘yini ham jonli efirda namoyish qilinadi. Bahsni Eldor Mustafoyev sharhlab boradi.

Bundan avvalroq «Kun.uz» manbasi Osiyo o‘yinlarining hech bir musobaqasi O‘zbekiston hududida namoyish etilmasligi, uning translyatsiyasi huquqi O‘zbekistonning hech bir kompaniyasi tomonidan sotib olinmagani to‘g‘risida xabar bergandi.

Top