18 avgust kuni Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo öyinlariga start beriladi.

Unda Özbekiston vakillari ham bir neça sport turlarida vatanimiz şarafini himoya qiladilar.

Kun.uz manbasining xabariga köra, Osiyo öyinlarining heç bir musobaqasi Özbekiston hududida namoyiş etilmaydi. Uning translyatsiya huquqini Özbekistonning heç bir kompaniyasi sotib olmagan. 

Xususan, Özbekiston olimpiya terma jamoasi iştirok etadigan futbol turnirini ham katta ehtimol bilan körmaymiz. Ba'zi manbalarda UzReport kanali futbol musobaqasini yoritişi haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirça bu xabarlar rasman tasdiqlanmadi.