15:50 / 19.08.2018
8735

Bekzod Abdurahmonov finalga chiqdi, Rashid Qurbonov yutqazdi

O‘zbekiston erkin kurash jamoasi yetakchisi Behzod Abdurahmonov Osiyo o‘yinlari finaliga yo‘l oldi.

74 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi ushbu sportchi yarim finalda yaponiyalik Yuhi Fujinamiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 11:1 (8:1, 3:0).

Endi Bekzod Abdurahmonov finalda Qozog‘iston vakili Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi. Qozog‘istonlik sportchi yarim finalda janubiy koreyalik Gong Byungminni 12:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga chiqqan.

O‘zbekistonning 86 kg vazn toifasidagi vakili Rashid Qurbonov esa chorak finalda mo‘g‘ulistonlik Ordogal Uytumenga mag‘lub bo‘ldi - 2:6 (0:6, 2:0). Endi u raqibining turnirdagi keyingi ishtirokiga qarab bronza medal uchun kurashishi mumkin bo‘ladi.

 

Mavzuga oid
Top