07:54 / 23.08.2018
2870

«Bi-bi-si»ni Amazon, Google va Facebook orqali moliyalashtirish taklif etildi

Foto: Getty Images

Britaniyaning Leyboristlar partiyasi rahbari Jyeremi Korbin texnologik gigantlar uchun yangi lisenzion yig‘im joriy etishni taklif qildi, u «Bi-bi-si» teleradiokompaniyasi ishini to‘lash imkonini beradi. Siyosatchining Edinburgh Television Festival festivalidagi so‘zlari RadioTimes tomonidan keltirilgan.

Korbinning ta'kidlashicha, yig‘imlar mustaqil jurnalistikani moliyalashtirish bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.

«Raqamli davrda yashab, biz raqamli lisenzion yig‘im «Bi-bi-si»ni moliyalashtirish uchun adolatli va samarali usul bo‘lishi yoki bo‘lmasligi borasida bir qarorga kelishimiz kerak», - deya ma'lum qildi Korbin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, raqamli lisenzion yig‘im amalda mavjud lisenzion to‘lovga qo‘shimcha ravishda kiritilishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, uni Netflix, Amazon, Google va Facebook kabi texnologik gigantlardan olish kerak.

Mavzuga oid
Top