GM Uzbekistan avtomobillar sotuvini qayta yo‘lga qo‘ydi. Narxlar o‘rtacha 7,7 foizga oshdi
Mamlakat hukumati ko‘magida vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar ishtirokida aholi fikr va mulohazalarini tahlil qilib, «O‘zavtosanoat» AK narx shakllanishi prinsiplari va ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga narxlar hisoblashdagi asoslarni o‘rganib chiqdi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tahlil natijalariga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan alohida modeldagi avtomobillar chakana narxlarini 7,7 foizga oshirish lozimligi haqidagi qarorga kelingan.
Shu bilan birga, «Spark», «Neksiya» va «Kobalt» kabi aholi o‘rtasida birmuncha xaridorgir bo‘lgan modellar chakana narxi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Bildirilishicha, ushbu qarorni qabul qilishda «Jyeneral Motors O‘zbekiston» AJning og‘ir moliyaviy holati va ayrim avtomobil modellari ishlab chiqarishning norentabelligi e'tiborga olingan. Biroq, ta'kidlanishicha, aksiz solig‘i stavkalarini optimallashtirish va dilerlik marjasini kamaytirish hisobidan narxlarning keskin o‘sishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Ta'kidlanishicha, avtomobillar uchun chakana narxlar va aksiz solig‘i stavkalari saqlab qolinganida, kompaniya va asosiy aksiyador bo‘lgan davlat 2018 yil yakunlari bo‘yicha katta yo‘qotishlarga uchrashi mumkin edi. Bu kelgusida oddiy soliq to‘lovchilarga, mashina sotib olmagan taqdirda ham og‘ir yuk bo‘lib tushardi.
Xabarda aytilishicha, 2018 yil 1 avgustgacha tuzilgan, jismoniy shaxslar tomonidan kamida 85 foiz va yuridik shaxslar tomonidan 100 foizlik to‘lovlar amalga oshirilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan narxlar va shartlar asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi
19:06 / 28.07.2023