22:30 / 14.09.2018
6536

Saudiya Arabistonida ayollarga uchuvchi bo‘lib ishlashga ruxsat berildi

Saudiya Arabistonida ilk bor ayollarga ikkinchi uchuvchi va styuardessa bo‘lib ishlashga ruxsat berildi.

Saudiyaning Flynas aviakompaniyasi o‘zining Twitter sahifasida xotin-qizlar uchun uchuvchilar tayyorlash kurslariga qabul boshlanganligini ma'lum qildi.
Kurslarga yoshi 35dan oshmagan, attestat va aviatsiya sertifikatiga ega saudiyalik xotin-qizlar qabul qilinadi.

Shu yilning avgustida Saudiya Arabistoni fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi besh nafar ayolga Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasi samolyotlarida ekipaj komandiri sifatida ishlashga ruxsat beruvchi litsenziyalarni taqdim etgandi.

Top