10:24 / 18.09.2018
15282

Jiddiy falokatning kutilmagan belgilari topildi

Foto: Natasha Pisarenko / Reuters

Britaniya geologiya xizmati va Shotlandiyadagi Dandi universiteti olimlari 1,5 ming yil muqaddam Shetland orollariga yopirilgan yirik to‘lqin izlarini aniqlashdi. Bu haqda BBC News xabar qilmoqda.

Bunga qadar geologlarga Sturegga - hozirgi Norvegiyadan shimoli-g‘arbda sakkiz ming yil muqaddam suv ostida sodir bo‘lgan falokatli hodisa - ko‘chki tufayli chaqirilgan qadimiy sunamilar seriyasining bittasi haqida ma'lum. Qit'a shelfining qulagan qismi hajmi 3500 kub kilometrni, cho‘kkan tub uzunligi esa - 290 kilometrni tashkil etgan. 20 metrlik to‘lqin Britaniya orollariga 80 km kirib bordi. Geologlarning fikriga ko‘ra, yer ko‘chkisiga so‘nggi muzlik davrida hosil bo‘lgan jinslarning beqarorligi sabab edi.

Yangi ishda olimlar Shetland orollarining turli uchastkalaridan olingan tog‘ jinslari asosiy namunalarini tahlil qildilar, ularning ba'zilari dengiz sathidan 13 metr balandlikda bo‘lgan. Mutaxassislar so‘nggi bir yarim yil davomida yig‘ilib qolgan, qalinligi yetti santimetr bo‘lgan tuproq qatlamini, uning tagidan nisbatan qalinroq qatlamni (35 sm) topishdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tuproq qatlamlari deyarli bir zumda hosil bo‘lgan, bu ulkan to‘lqin bilan izohlanadi.

Olimlarning taxminicha, bu sunami ham suv osti ko‘chkisi natijasida paydo bo‘lgan, biroq falokat sodir bo‘lgan joy hali ham aniqlanmagan. Mutaxassislar uning manbasini aniqlash uchun uch o‘lchovli to‘lqin modeli yaratishni rejalashtirmoqdalar. Shu bilan birga, Sturegga kabi tabiiy ofat yuz ming yilda bir martadan ko‘proq sodir bo‘lishi mumkinligi, bu muzlik davrlari bilan bog‘liq emasligi ma'lum bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top