Metal Engineering Group «Mebel» zavodining 36,8 foiz aksiyalari egasiga aylandi
«Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, Metal Engineering Group «Mebel» zavodining 99 foiz aksiyalari egasiga aylandi.
Kelishuv 18 sentabr kuni ustav jamg‘armasiga qimmatli qog‘ozlarning 36,8 foizini topshirish yo‘li bilan yopildi.
«Mebel» zavodi - 1934 yilda «Toshkent yog‘ochni qayta ishlash zavodi» nomi bilan tashkil etilgan, O‘zbekistonning eng qadimgi korxonalaridan biri. Zavod ofis stoli, stul va boshqa mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.
Keyinchalik kompaniya nomi bir necha marta o‘zgartirildi (5-sonli mebel fabrikasi, «Vatan» firmasi, «O‘zbekloyihamebel» va boshqalar).
So‘nggi yillarda «MEBEL» O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi aksiyadorlik kompaniyasi sifatida faoliyat olib bordi. Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Sa'diy ko‘chasida joylashgan.
Metal Engineering Group 2009 yilda tashkil etilgan. MChJ ishtirokchilari tarkibiga xorijiy ta'sischi kirgach, korxona «METAL ENGINEERING GROUP» MChJ qo‘shma korxonasi sifatida ro‘yxatga olingan.
Mavzuga oid
09:44 / 12.12.2024
Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
18:57 / 07.09.2024
Bryusseldagi Audi zavodi yopilishi mumkin
08:40 / 11.06.2024