Gruziya sobiq bosh vaziri YeTTB maslahatchisiga aylandi va O‘zbekistonda ishlaydigan bo‘ldi
Gruziya sobiq bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) xalqaro maslahatchisiga aylandi hamda O‘zbekiston hukumatiga davlat va xususiy sektor o‘rtasida muloqot platformasini yaratishda yordam beradi. Bu haqda «Interfaks» Gruziyaning «Imedi» telekanali xabariga tayangan holda yozmoqda.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, YeTTB bilan tegishli shartnomani G.Kvirikashvili bir necha hafta muqaddam rasmiylashtirgan.
G.Kvirikashvili 2018 yil 13 iyun kuni ikki yildan ortiq vaqt davomida egallagan bosh vazirlik lavozimidan iste'foga chiqishi haqida ma'lum qildi. Bundan bir kun avval BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) 2017 yilgi tadqiqotini e'lon qildi, unga ko‘ra Gruziyada qashshoqlar soni so‘nggi ikki yil ichida 2,1 foizdan 5 foizga oshgan. UNICEF mutaxassislarining bildirishicha, bunga iqtisodiy o‘sish sekinligi, ishsizlik va iste'mol narxlari oshishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:33 / 26.12.2024
YeTTB Xorazmda elektr uzatish tarmog‘i qurilishini moliyalashtiradi
21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin
12:53 / 27.11.2024
DTEK YeTTBning kompaniyani moliyalashtirishdan bosh tortganiga izoh berdi
11:51 / 25.11.2024