08:29 / 16.10.2018
8345

Skripallarning zaharlanishi Solsberidagi ko‘chmas mulk bozoriga zarba berdi

Foto: Matt Cardy/Getty Images

GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizini Britaniyaning Solsberida shahri zaharlash shunga olib keldiki, ushbu shaharda ko‘chmas mulk qariyb 10%ga arzonlashdi. Bu haqda The Guardian gazetasi yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, may oyidan iyul oyiga qadar sotilgan uylar o‘rtacha 299,2 ming funt turgan. Biroq, undan avvalgi uch oyda ular o‘rtacha 328,2 ming funt sterlingga sotilgan.

Cashback Remortgages kredit tashkilotining tadqiqotiga ko‘ra, Solsberida ko‘chmas mulkka narxlarning tushishi taxminan 8,8 foizni tashkil etdi. Solsberi joylashgan Uiltshir grafligining butun hududida shu davrda ko‘chmas mulk qiymati 1,9%ga o‘sishiga qaramay, yuqoridagi shaharda narxlar pasaygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Solsberidagi zaharlash bilan bog‘liq holatda gumonlanayotgan «Aleksandr Petrov» GRU zobiti Aleksandr Mishkin bo‘lib chiqqandi.

Mavzu
Skripal ishi

Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal 4 mart kuni zaharlandi. Buyuk Britaniya bu suiqasdda Rossiyani aybladi

Barchasi
Top