Solsberidagi zaharlaş bilan boğliq holatda gumonlanayotgan «Aleksandr Petrov» GRU zobiti Aleksandr Mişkin bölib çiqdi. Bu haqda The Insider internet-naşri va Bellingcat tadqiqot guruhining qöşma tekşiruvida aytiladi.

Foto: EPA 

Bellingcat’ning yozişiça, Mişkin 1979 yil 13 iyulda Arxangelsk oblastining Loyga qişloğida tuğilgan, eng nufuzli harbiy tibbiy akademiyalardan birini tamomlagan, u yerda Rossiya harbiy-dengiz floti uçun harbiy şifokor kasbini egallaş uçun tahsil olgan. Bellingcat ma'lumotlariga köra, Mişkin öqiş paytida GRU xizmatiga kirgan va 2010 yilda Moskvaga köçib ötgan.

Naşrdan bildirilişiça, Moskvada Mişkin Xoroşevskiy şosse, 76-b uyda röyxatdan ötgan - bu manzil Rossiya Mudofaa vazirligi Boş ştab Boş boşqarmasining qarorgohi manziliga töğri keladi (sobiq GRU).

Bi-bi-si bu ma'lumotni rossiyaliklar şaxsiy ma'lumotlari bazalari biridan tasdiqlatib oldi.

Moskvaga köçib ötiş va «Aleksandr Petrov»ga aylanişdan oldin Mişkin Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasida öqigan bölişi mumkin. 2007 yilda Mişkin Sankt-Peterburgda, Akademik Lebedev köçasi, 12-uy manzili böyiça röyxatdan ötgan - bu akademiya yotoqxonasidir. Peterburgda u pasport va şaxsiy hisob raqami suğurtasini olgan.

Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasi - Rossiyada harbiy şifokorlarni professional tayyorlaş böyiça asosiy markaz. Akademiyada oltita harbiy tayyorgarlik fakulteti va bitta oddiy şifokorlarini tayyorlaş hamda malakasini oşiriş fakulteti mavjud. Harbiy xizmatçilar uçun oltita fakultet orasida harbiy-dengiz floti uçun şifokorlar tayyorlaş fakulteti ham bor.

Rossiya Mudofaa vazirligi veb-saytida körsatilişiça, akademiya kursantlari sohil obektlari va atom energetika qurilmalariga ega kemalarda radiatsiya xavfsizligini ta'minlaş, harbiy-dengiz flotining turli obektlarida radiatsiya avariyalari oqibatlarini bartaraf etişning tibbiy jihatlariga ham öqitiladi.