11:00 / 27.10.2018
27053

Eto'O Qatar chempionatida g‘alati gol urdi

Kamerunlik mashhur hujumchi Samuel Eto'O Qatar chempionatida g‘alati va kulgili gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Al-Arabiy»ga qarshi o‘yinda 37 yoshli futbolchi darvozabonga nisbatan pressing qo‘llab, undan to‘pni tortib oldi va o‘yindagi yagona gol urdi. Bu «Qatar SK» klubiga mavsumdagi 3-g‘alabani keltirdi.

Qayd qilish joizki, Eto'O hisobida Qatar chempionatining 8ta o‘yinida urilgan 4ta gol bor.

Mavzuga oid
Top