09:45 / 29.10.2018
9380

Arbeloa: “Barselona” Messisiz ham qanchalik kuchli ekanligini anglash qiyin

Foto: AFP

“Real” Madridning sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa madridliklarning “Barselona”dan 5:1 hisobida uchragan mag‘lubiyatiga izoh berdi.

“Barselona” Messisiz ham qanchalik kuchli ekanligini anglash qiyin. “Real”ning bu o‘yinchilari ular nimalarga qodirligini, ko‘p marta ko‘tarila olganlarini uzoq vaqtdan beri namoyish qilmoqdalar”, deb yozgan Arbeloa tvitterda.

“Barselona” ushbu o‘yindan keyin 21 ochko to‘plab, Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda, “Real esa 14 ochko bilan 9-o‘rinni egallamoqda. Navbatdagi 11-turda katalon klubi mehmonda “Rayo Valekano” bilan, Madrid klubi esa o‘z maydonida “Valyadolid” bilan uchrashadi. Ikkala o‘yin ham 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Madrid klubi 29 oktabrda bosh murabbiy Xulen Lopetegini iste'foga chiqarishi ma'lum qilingandi. “Real”ning yangi murabbiyi etib Antonio Konte tayinlanishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
Top