08:49 / 31.10.2018
3768

FIFA sayti xakerlar tomonidan buzilgani ma'lum qilindi

Foto: AFP/ FABRICE COFFRINI

FIFA xakerlar kiberhujum yordamida tashkilotning ma'lumotlarini noqonuniy qo‘lga kiritganini ma'lum qildi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino bayonotida ma'lum qilgan.

“FIFA axborot xavfsizligi bilan bog‘liq hodisalarga muvofiq javob berish uchun barcha tegishli choralarni ko‘rmoqda va kompyuter muhitini himoyalash tizimini izchil yaxshilashni davom ettirmoqda”, deb aytilgan FIFAda.

Biroq federatsiyada bu voqea aynan qachon yuz bergani va qanday ma'lumotlar o‘g‘irlanganiga aniqlik kiritilmagan. FIFA, shuningdek, har qanday tashkilotning ma'lumotlari butligi, sir saqlanishini buzishga har qanday urinishlarni qoralashini ma'lum qilgan.

Top