Jahon | 22:52 / 05.11.2018
3920
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Xavfsizlik Kengashi Liviyaga qarshi sanksiyalar doirasi va muddatini uzaytirdi

BMT Xavfsizlik Kengashi dushanba kuni Liviyaga qarshi sanksiyalarni 15 oyga uzaytirishga qaror qildi. Qarorga ko‘ra, sanksiyalar jinsiy va jinsga bog‘liq jinoyatlar hisobidan kengaytirildi. Buyuk Britaniya tomonidan kengashga kiritilgan loyihaning qabul qilinishi uchun 13ta a'zo davlatlar ovoz berdi, ikki mamlakat - Rossiya va Xitoy - betaraf qoldi.

Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakilining o‘rinbosari Jonatan Allen hujjatni qabul qilish uchun Xavfsizlik Kengashiga minnatdorchilik bildirdi.

“Biz, ayniqsa, sanksiyalar doirasini kengaytirilib, unga jinsiy va jinsga oid zo‘ravonliklar kabi jinoyatlarning kiritilishini olqishlaymiz“, deydi u.

Allenning aytishicha, bu “xalqaro hamjamiyat bunday jinoyatlarga toqat qilmasligi bo‘yicha muhim mujdadir“.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenya, “prinsipial va asosli isbotlangan rus mulohazalari“ hisobga olinmaganligi sababli, Moskva bu qarorni qo‘llab-quvvatlamaganini izohladi.

“Mualliflar jinsiy va jinsga asoslangan zo‘ravonlikni sanksiya uchun alohida mezon sifatida tasdiqlab, qaror chiqardi. Jinsiy zo‘ravonlik masalasi Xavfsizlik Kengashida ko‘rib chiqilmasligi kerak, maxsus joylarda - BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi yoki BMTning Ayollar Kengashi komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak edi“, deb ta'kidladi rus vakili.

Mavzuga oid