20:19 / 07.11.2018
41409

Meyuezer Nurmagomedovga murojaat qildi

Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyuezer UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ko‘proq pul topishi uchun u bilan jang qilishi kerakligini aytdi.

“Agar Xabib boks jangini istasa, biz uni tashkillashtira olamiz. Agar u UFC’da qolib, o‘sha-o‘sha pulni topishni istasa, u bunga ham haqli. Xabib Konor Makgregor bilan jangi uchun 3-4 mln dollar oldi. Men bilan jang qilsa, ancha ko‘proq pul topadi”, deb aytgan Meyuezer.

Meyuezer Makgregor hech qachon yuqori haq oluvchi sportchilar ro‘yxatida bo‘lmagani, biroq 2017 yil avgustda u bilan jang qilgandan keyin bu ro‘yxatda yuqorilab ketganini eslatib o‘tgan.

5 noyabrda Rizin yapon tashkiloti bosh direktori Nobuki Sakakibara MMA qoidalari bo‘yicha Meyuezer va yaponiyalik kikbokschi Tensin Natsukava o‘rtasida jang tashkillashtirilishini ma'lum qildi. Jang 31 dekabrda Tokioda bo‘lib o‘tadi va Meyuezer uchun MMAdagi debyut jang bo‘ladi.

Avvalroq Meyuezerga jang qilish taklifi bilan Nurmagomedov chiqqan, biroq amerikalik bunga javoban faqat boks qoidalari bo‘yicha jang qilishini aytgan.

Top