17:02 / 08.12.2018
8457

Xitoy lunoxod uchirdi

Foto: South China Morning Post

Xitoy dunyoda birinchi bo‘lib Oyning teskari qismini tadqiq etishga mo‘ljallangan Chang'e 4 missiyasini uchirdi. Long March 3B raketasining uchirilishi tasvirlangan kadrlar South China Morning Post gazetasi tomonidan YouTube’da joylashtirilgan.

Parvoz 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 02:00larda (Toshkent vaqti bilan 7 dekabr kuni 23:00) Sichan kosmodromidan (Sichuan janubi-g‘arbiy provinsiyasi) amalga oshirildi.

Chang'e 4 avtomatlashtirilgan stansiya va roverni o‘z ichiga oladi. Birinchisi Yer - Oy tizimining Lagranj L2 (sayyoradan taxminan 455 ming kilometr) nuqtasida joylashgan Queqiao kosmik apparati yordamida Yer bilan aloqani ta'minlab beradi, ikkinchisi - Yer yo‘ldoshining geologik tadqiqotlari bilan shug‘ullanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq NASA ilk bor Marsdagi shamol ovozini yozishga muvaffaq bo‘lgandi.

Top