Ötgan hafta Marsga qöngan AQŞning Mars InSight stansiyasi ilk bor Qizil sayyoradagi şamol ovozini yozib, uni Yerga jönatişga muvaffaq böldi. Bu haqda NASA direktori Jim Braydenstayn ma'lum qildi.
“Insonlar avval heç qaçon Marsdagi şamol ovozini eşitişmagan! Mars InSight yozib olgan Marsdagi şamol ovozini tinglab köring”, deb yozgan Braydenstayn tvitterda.
BREAKING: Humans have never before heard the sound of wind on Mars until now! Listen to #SoundsOfMars as recorded by @NASAInSight as Martian winds swept over our lander. Best with headphones or a subwoofer. https://t.co/VreQxcAnAM pic.twitter.com/yd98NgZgR3
— Jim Bridenstine (@JimBridenstine) December 7, 2018
NASA’da ta'kidlanişiça, 1 dekabrda stansiya datçiklari tezligi 5 m/soniyadan 7 m/soniyagaçani taşkil qilgan şamolning past çastotali ovozini yoza olgan. “Missiyamizning vazifalaridan biri Marsdagi harakat körsatkiçlarini ölçaşdan iborat”, deb aytgan Marsni tadqiq qiliş dasturi rahbari Bryus Banerdt.
Mars InSight stansiyasi 480 mln km masofani bosib ötib ötgan hafta Marsga qöngan. U Qizil sayyoraga qönganidan 7 daqiqa ötib u yerdan sayyoramizga ilk fotosuratni jönatgan.
Yaratilişiga 828 mln dollar sarflangan avtomatik stansiya 5 may kuni Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan uçirilgan.












