17:09 / 17.12.2018
34920

Tryudo Putinga bir so‘z bilan ta'rif berdi

Foto: RIA Novosti

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Rossiya va AQSh prezidentlari - Vladimir Putin hamda Donald Trampni bir so‘z bilan ta'rifladi. Bu haqda CTV News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bosh vazirga blits-so‘rovda ishtirok etish taklif qilingan, uning davomida u bir bo‘g‘inli javoblar berishi kerak edi. Rossiya yetakchisini Tryudo «muammoli», deb atagan bo‘lsa, AQSh prezidenti unga «kutilmagan» bo‘lib ko‘rinar ekan.

Avvalroq, so‘nggi oylarda davomida AQSh-Kanada munosabatlaridagi eng sovuq holatga Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi doirasida Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan uchrashishdan bosh tortgani aylanishi mumkinligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval rossiyaliklarning yarmi Putin mamlakatdagi muammolar uchun mas'ul ekanini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top