Rossiyaliklarning yarmi Putin mamlakatdagi muammolar uchun mas'ul ekanini ma'lum qildi
Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi (55%) Rossiyadagi muammolar va narxlarning oshishi uchun RF prezidenti Vladimir Putin mas'ul, deb hisoblaydi. Bu haqda «Levada-sentr» so‘rovida aytilgan.
So‘rov davomida respondentlarga javob uchun bir necha variantni tanlash taklif etildi. 37 foiz mamlakatdagi muammolar uchun hukumat va vazirlar, 21 foiz - bosh vazir Dmitriy Medvedev, 13 foiz - gubernatorlar hamda mahalliy hokimiyat organlari va 5 foizi biznes mas'ul ekanini bildirdi.
So‘ralganlarning 55 foizi aynan Putin Rossiyaning iqtisodiy muvaffaqiyatlari va aholi farovonligi o‘sishi uchun ham mas'ul ekanini aytishdi. 13 foiz fikricha, bu hukumatning ishi, 4 foiz - Medvedev.
«Levada-sentr» tadqiqoti davomida aniqlanishicha, respondentlarning 59 foizi hayot darajasi tushib ketishi yoki o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida norozilik aksiyalari o‘tkazilishi ehtimoldan uzoq ekanini bildirgan. Har uchinchi shaxsning (37%) aytishicha, bu «ro‘y berishi mumkin». 30 foizi norozilik aksiyalarida ishtirok etishga tayyor ekanini aytdi, 66% yo‘q, deb javob qaytargan. 80 foiz so‘ralganlarning xabar berishicha, so‘nggi ikki-uch oy ichida o‘z aholi punktlarida norozilik harakatlarini sezishmagan.
Mavzuga oid
16:34 / 08.11.2024
Rossiya Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishini istaydi - Putin
14:31 / 08.11.2024
Kreml inauguratsiyadan oldin Putin va Tramp o‘rtasidagi muloqotni istisno etmadi
07:50 / 08.11.2024
Tramp Putin bilan gaplashishga tayyorligini aytdi
00:54 / 08.11.2024