10:23 / 26.12.2018
12465

Yaponiya kit ovlash sanoatini qayta tiklashga qaror qildi

Foto: Kyodo News/Kyodo News via Getty Images

Yaponiya hukumati kelasi yilning iyul oyidan boshlab kit ovlash sanoatini qayta tiklashga qaror qildi. Bu haqda Kyodo xabar bermoqda.

Hukumatning bayonotiga ko‘ra, mamlakat buni amalga oshirish uchun Kitlarni ovlash bo‘yicha xalqaro komissiya (IWC) tarkibidan chiqib ketadi.

Aniqlik kiritilishicha, tashkilotni tark etgandan so‘ng, mamlakat o‘zining eksklyuziv iqtisodiy hududi va Yaponiya hududiy suvlarida kitlarni ovlash bilan shug‘ullanadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kitlar yangi ov usulini o‘zlashtirayotgani xabar berilgandi. 

Top