14 metr uzunlikka va 30 tonna oğirlikka yetadigan bukri kitlar katta oğzi bilan baliqlar va planktonlar tödalarini tutib, söngra oğizlariga tuşgan suvni yuqori jağda tişlar örniga ösuvçi, ziç joylaşgan muguz plastinalar orqali ötkazib, öljani suzib oladi.

Kitlarda bir neça ov qiliş texnikasi mavjud. Misol uçun, öljani pufakçali törga haydaş usuli: bunda kit baliqlar tödasi ostiga şönğib, havo çiqarib spiral böyiça yuqoriga kötarila boşlaydi. Baliqlar pufakçalardan iborat devor bilan qurşalib, suv sirtida ğuj bölib oladi va yengil öljaga aylanadi.

Biologlar bir neça yil avval bukri kitlarda yana bir ov qiliş usulini payqaşgandi. Bunda kitlar baliqlar tödasini aniqlab, sirtga kötarilib, ohista oğizlarini oçadi. Bunda baliqlar kit oğziga özlari kirib ketişadi (ehtimol, baliqlar kit oğzini havoda aylanib yuruvçi quşlardan panagoh deb qabul qilişgan).
Agar baliqlar noodatiy panagohdan foydalanişga şoşmasalar, kitlar ularni suzgiçlari bilan oğziga yönaltirişlari mumkin bölgan.
2011 yilda biologlar Vankuver yaqinida ikkita kit uşbu ov usulidan foydalanayotganini payqaşgan. 4 yil ötib 16 kit, hozirda esa 20 kit baliqni şunday usulda ovlayotgani qayd qilingan.
Körinişiça, uşbu taktika kitlar orasida ommalaşmoqda. Bu esa bukri kitlar bir-birlaridan örganişlaridan darak berişi mumkin. Şuningdek, kitlarning okeandagi özgarayotgan şaroitlar, misol uçun yem miqdoriga moslaşayotganlarini namoyiş qiladi.











