Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘ziga korrupsiyaga aloqadorlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yilsa, lavozimini tark etishni mo‘ljallamayapti. Bu haqda i24 News telekanali xabar qilgan.
Netanyaxu bunday bayonotni Braziliyadagi matbuot anjumanida berdi, u yerda bosh vazir prezident Joze Bolsonaruning inauguratsiyasiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda ishtirok etyapti.
«Men iste'foga chiqmoqchi emasman», - deya ma'lum qildi Netanyaxu.
Telekanaldan qo‘shimcha qilishlaricha, ayblovlar qo‘yilgan taqdirda Isroil bosh vaziri faqat o‘zining apellyatsion resursi tugagach, iste'foga chiqishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Isroilni terrorchilarga xayrixohlikda ayblagandi.