Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çavuşöğlining ma'lum qilişiça, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Anqara terrorçilik taşkiloti deb hisoblovçi Kurdiston Işçi partiyasidan bölgan kurdlarga xayrixoh bölib turibdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Şuningdek, vazir Isroil boş vazirida Suriyani ajratiş uçun kurd muammosidan foydalanib qoliş istagi mavjudligini aytdi. «Sönggi kunlarda Netanyaxu juda taşvişda, sababi u terrorçilar yordamida Suriyani ajratib yuborişni xohlagandi», - dedi Çavuşöğli mahalliy telekanal efirida.

Taşqi işlar vaziri sözlariga köra, aynan şu Netanyaxuning Turkiya yetakçisi Rajab Toyyib Erdöğanga hujumlariga sabab böldi. 22 dekabr kuni Isroil boş vaziri özining Twitter-akkauntida şunday yozdi: «Turkiya va undan taşqaridagi kurd qişloqlarida ayollar va bolalarni öldirayotgan armiyaga egalik qiluvçi Erdöğan Isroilga aql örgatişi kerak emas».

Bunday sözlar, öz navbatida, Erdöğanning turkiyalik yoşlarga aytgan gaplariga javob böldi. U yoşlar «özlarini yahudiylardek tutişi kerak emas», degan. «Yerda yotgan odamni uriş mumkin emas, sababi sizlar isroillik yahudiylar emassiz. Ular nafaqat erkaklarni, balki ayollar hamda bolalarni urmoqda», - dedi u 22 dekabr kuni Istanbulda bölib ötgan tadbirda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Facebook Isroil boş vazirining öğlini bloklab qöygani, u falastinliklarni «maxluq» deb atagani xabar berilgandi.