«Jyenoa» hujumchisi Kshishtof Pyontek «Milan»ga o‘tdi.
23 yoshli polshalik futbolchi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Taxminlarga ko‘ra, «Milan» «Jyenoa»ga 35 million yevro to‘ladi.
Pyontek klubda 2 million yevro maosh oladigan bo‘ldi. «Jyenoa»da uning maoshi 450 ming yevroga teng edi.
Joriy mavsumda Kshishtov A Seriyada 13ta gol urgan va to‘purarlar ro‘yxatida Krishtianu Ronaldu, Duvan Sapata va Fabio Kualyarelladan keyin turibdi.