Jamiyat | 11:20 / 06.03.2019
23504
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobus yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi

Foto: Toshshahartransxizmat

Toshkentda avtobus yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 18-avtobus saroyi tasarrufidagi 27-sonli, “Chorsu savdo markazi — Ko‘kcha oqlon mahallasi” yo‘nalishida qatnovchi “Isuzu” rusumli avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. 

Natijada, “Nurafshon” ko‘chasida harakatlanayotgan avtobus yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilgan. 

Bildirilishicha, ikki kishi yengil darajada jarohatlangan. 

Hozirgi vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid