28 mart kuni Bishkek merining xokkey bo‘yicha 2019 yilgi kubogi turniri doirasida “Binokor” (Toshkent, O‘zbekiston) hamda “SDYuShOR-2” (Bishkek, Qirg‘iziston) xokkey klublari o‘rtasida final o‘yini bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning o‘spirinlar jamoasi maydon egalariga 4:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, sharafli ikkinchi o‘rinni egallashdi. “Binokor” xokkey klubi saytida shu haqida xabar berildi.
Bundan oldin, 26 mart kuni “Binokor” XK AQShning “Select” XK bilan kechgan o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Shu tariqa jamoa finalga yo‘llanma olgandi.
“Biz Sizlar bilan faxrlanamiz, yosh xokkeychilarimiz!”, - deyiladi klub saytida.