Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub 450 million dollarga teng asar yo‘qolib qoldi
Birlashgan Arab Amirliklari Badiiy san'at muzeyi xodimlari Leonardo da Vinchi mo‘yqalamiga mansub «Dunyo xaloskori» kartinasini topa olishmayapti. Bu haqda xabar tarqatgan NYT maqolasiga ta'kidlanishicha, kartina Luvrning Abu-Dabi filialidan izsiz yo‘qolgan.
Mazkur kartina rejaga muvofiq 2018 yili ko‘rsatilmagan va bunga rasmiy izoh ham berilmagandi. Abu-Dabi Turizm va madaniyat boshqarmasi vakillari endilikda kartinaning yo‘qolib qolganiga ham munosabat bildirishga shoshilmayapti.
Gazeta maqolasida Luvrdagilar asarning haqiqiy joyini aniqlay olmagani bildirishgan.
«Dunyo xaloskori» asari 2017 yili Nyu-Yorkda o‘tkazilgan Christie's auksionida 450 million dollarga sotilgandi. Kartinani auksionga qo‘ygan sohib rossiyalik Dmitriy Rybolovlev bo‘lgani taxmin qilinadi. O‘z vaqtida Rybolovlev asarni shveysariyalik art-diler Iv Buvedan 127 million dollarga xarid qilgandi.
Luvrning Abu-Dabidagi filiali 2018 yil noyabrdan e'tiboran keng ommaga ochiq. U yerda 600dan ortiq badiiy san'at namunasi tomoshaga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
08:10 / 11.06.2019
Yo‘qolgan deb hisoblanayotgan dunyodagi eng qimmat surat Saudiya valiahd shahzodasi yaxtasida saqlanmoqda – OAV
09:34 / 14.04.2019
Dunyodagi eng qimmat surat qalbaki bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilindi
13:20 / 16.12.2018