Samarqandda jiyanini tarbiyalab qo‘ymoqchi bo‘lgan aka-uka uning umriga zomin bo‘ldi
2019 yil 29 mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumani Urganji qishlog‘ida yashovchi H.X., Uchquduq tumani Yo‘lchilar qo‘rg‘oni Dev mahallasida yashovchi akasi Z.X. bilan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Ko‘mir qishlog‘ida yashovchi opasi D.X.ning uyiga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u yerda aka-ukalar voyaga yetmagan jiyani B.A.ni tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazganlar.
Oqibatda bolaning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli uni boshqa xonaga olib chiqib, yotqizib qo‘yganlar.
Natijada B.A. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan, deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, aka-ukalar ushlanganlar. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilayotgani aytiladi.
Mavzuga oid
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024
Samarqandda savdo do‘koni yonib ketdi
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
09:53 / 25.10.2024