Xalq ta'limi vazirligi: maktablarga ota-onalardan tilxat olish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan
Ijtimoiy tarmoq va ommaviy axborot vositalarida umumiy o‘rta ta'lim maktablari direktori, sinf rahbarlari tomonidan majburiy ravishda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan farzandlarini yozgi ta'til kunlarida to‘liq nazorat qilishlari bo‘yicha tilxat olinayotganligi to‘g‘risida turli xil ma'lumotlar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini yozgi ta'til kunlarida nazorat qilishlari bo‘yicha tilxat olishga ko‘rsatma berilmaganligini rasman ta'kidlab chiqdi.
Vazirlik axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan turli mazmundagi tilxat olinishi maktab direktori va sinf rahbari tomonidan o‘zboshimchalik bilan amalga oshirilgan xatti-harakatdir.
Xalq ta'limi vazirligi bu kabi holatlar sodir bo‘lganida ota-onalar maktab vakillariga bunday harakati noto‘g‘ri ekanligini tushuntirishlari lozim. O‘z navbatida mana shunday xatti-harakatlar yuzasidan vazirlikning 10-06 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilish zarur. XTV tomonidan aniqlangan har bir salbiy g‘ayriqonuniy holat yuzasidan maktab direktori, sinf rahbari va mutasaddilarga nisbatan qonunchilik doirasida jazo choralari ko‘riladi.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yozgi ta'til davrida o‘quvchilarning xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish, ta'tilni mazmunli o‘tkazish bo‘yicha maktablarda ota-onalar yig‘ilishlarini o‘tkazish va ushbu yig‘ilishlarda ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga tegishli tavsiyalar berish yuzasidan barcha xalq ta'limi hududiy boshqarmalariga ko‘rsatmalar berildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:08 / 21.12.2024
Zagrebdagi maktabda pichoqli hujum: bir bola halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
19:39 / 19.12.2024
Namanganda maktab direktori xizmat xonasini qimorxonaga aylantirdi
16:56 / 13.12.2024
Andijonda hokim o‘quvchilarni armiyaga yubordi, IIB boshlig‘i “qizil toifa”ga ajratdi. Bu to‘g‘rimi? - mutaxassislar bilan suhbat
07:22 / 12.09.2022