O‘zbekiston | 17:18 / 08.06.2019
37392
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura: Toshkentdagi ommaviy zaharlanish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2019 yilning 4-7 iyun kunlari Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi jami 49 nafar fuqaro “ovqatdan toksikoinfeksiya” tashxisi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yukumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, 2 va 5-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda, ushbu fuqarolar shifoxonaga murojaat qilishidan avval Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi, Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 7b-uy hamda Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi, 21-uyda joylashgan “Oqtepa lavash” (“Grand Azia Plus” MChJ) umumovqatlanish tarmog‘ining uchta shoxobchalarida tez tayyorlanuvchi taomlarni (“sendvich”, “lavash” va “pitssa”) iste'mol qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 07.06.2019 yilda Toshkent shahar prokurori tomonidan “Grand Azia Plus” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Mavzuga oid