Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkentdagi ommaviy ovqatdan zaharlaniş hodisasi böyiça qöşimça ma'lumotlar berib, bemorlarning ahvoli yaxşilanib borayotganini ma'lum qildi.
«4 iyun kuni soat 17:00dan 6 iyun soat 17:00ga qadar ÖzR SSV Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti (ÖzRSSV EMYuKITI) şifoxonasiga 12 nafar, Toşkent şahar 5-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 2 nafar va 2-son yuqumli kasalliklar şifoxonasiga 1 nafar, jami 15 nafar bemor köngil aynişi, qayt qiliş, boş oğrişi, umumiy holsizlaniş, iç ketişi, oşqozon sohasida oğriq, tana haroratining kötarilişi kabi şikoyatlar bilan murojaat qilgan.
Bemorlarning 11 nafari ayol (şundan 3 nafari 2009, 2012 va 2014 yillarda tuğilgan qiz bolalar) va 4 nafari erkak. Ular tibbiy körikdan ötkazilib, «Ovqat toksikoinfeksiyasi» birlamçi taşxisi bilan şifoxonalarga yotqizilgan.
Şifokorlarning samarali davolaş muolajalaridan söng bemorlarning ahvoli yaxşilanmoqda», Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimining Kun.uz’ga bergan xabarida.
Bundan avvalroq, vazirlik Toşkentda 15 kişi ovqatdan zaharlangani va ularning 3 nafarining ahvoli oğirligi, ular Toşkentning Sergeli tumanidagi «Oqtepa lavaş» umumiy ovqatlaniş şoxobçasida tovuqli sendviçini iste'mol qiliş oqibatida özini noxuş sezib, şifokorlarga murojaat qilgani haqida xabar bergandi.

















