Jamiyat | 16:45 / 11.07.2019
10575
6 daqiqa o‘qiladi

“O‘zpaxtasanoat” tikuv-trikotaj majmualarini tashkil etish bo‘yicha samarali loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda

Prezidentimizning “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, aholi bandligini ta'minlash maqsadida tikuv-trikotaj majmualarini tashkil etish bo‘yicha 2019-2021 yillar davomida jami 271 ta tikuv-trikotaj majmualarini tashkil etilishi natijasida 81 mingga yaqin xotin-qizlar bandligini ta'minlash belgilangan.

Jumladan, paxta tozalash korxonalari ta'sischiligida “Baraka paxta teks” MChJ tashkil etilib, ushbu korxona tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda hududiy “Baraka chevarlari” MChJlari tashkil etildi.

Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovatsion texnologiyalarga asosan, arzon va mamlakatimizda ishlab chiqariladigan qurilish materiallaridan foydalangan holda majmuaning na'munaviy loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

Joylarda qurilayotgan tikuvchilik majmularida olib borilayotgan ishlarni doimiy nazorat qilib borish maqsadida “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan qabul qilingan buyruqqa asosan Jamiyatning boshqarma boshliqlari va mas'ul xodimlaridan Ishchi guruhini tuzgan holda har bir hududga biriktirildi va 2019 yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan 78 ta tikuvchilik majmualari dislokatsiyasi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi.

Bugungi kunda 2019 yil davomida tashkil etilishi belgilangan 78 ta majmua o‘rniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlikliklari bilan kelishilgan holda respublikaning 71 ta tumanida jami 97 ta tikuvchilik majmualari barpo etilmoqda. Majmualar ishga tushirilishi natijasida 27550 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

36 ta tikuvchilik majmualarida qurilish ishlari yakunlangan bo‘lib, (Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6 ta, Jizzaxda – 8 ta, Qashqadaryoda – 2 ta, Navoiyda – 1 ta, Namanganda – 1 ta, Samarqandda – 1 ta, Surxondaryoda – 1 ta, Sirdaryoda – 7 ta, Toshkent viloyatida – 7 ta va Xorazm viloyatida – 2 ta) ushbu majmualarni qurib bitkazilishi natijasida jami 10 050 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

47 ta tikuvchilik majmualarida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bular, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 4 ta, Andijon viloyatida - 3 ta, Jizzax viloyatida - 4 ta, Qashqadaryoda - 1 ta, Navoiyda - 2 ta, Namanganda - 7 ta, Samarqandda -2 ta, Surxondaryoda - 5 ta, Sirdaryoda - 2 ta, Toshkent viloyatida - 13 ta, Farg‘ona viloyatida -1 ta va Xorazm viloyatida - 3 ta tikuvchilik majmualarida qurilish ishlari davom etmoqda.

- 14 ta tikuvchilik majmularini loyihalashtirish va majmua uchun ajratilgan yer maydonlarini qurilish ishlari uchun tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Bular, Namanganda - 1 ta, Surxondaryoda - 3 ta, Toshkent viloyatida - 8 ta, Farg‘ona viloyatida - 1 ta va Xorazm viloyatida - 1 ta.

Shuningdek, Namangan viloyati Namangan tumani Rovuston MFYda ishga tushirilayotgan korxonada paxta tolasini qayta ishlab kalava ip ishlab chiqarishdan boshlab, ishlab chiqarilgan matoni bo‘yashgacha bo‘lgan sikldagi texnologik uskunalar olib kelish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi hamkorlar bilan zamonaviy uskunalar yetkazib berilishi bo‘yicha shartnomalar tuzililb, bo‘nak mablag‘lari to‘lab berildi.

Ushbu korxonani ishga tushirilishi munosabati bilan qo‘shimcha 700 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari Qorakalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri Taxiatosh guzarida sochiq ishlab chiqarishga mo‘ljallangan majmua tashkil etilmoqda. Ushbu korxonaga ham texnologik uskunalar yetkazib berish bo‘yicha yuqorida nomi keltirib o‘tilgan kompaniya bilan muzokaralar olib borilib, zamonaviy rusumdagi texnologik uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Korxona ishga tushirilishi natijasida 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Tashkil etilayotgan tikuvchilik majmualarini ishchilar bilan ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va joylardagi xokimliklarga aholi zich joylashgan hududlardagi ishsiz xotin qizlarni ishga jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatishlari to‘g‘risida yozma murojaatlar yuborildi.

Korxonalarga ishga qabul qilinishi belgilangan xotin qizlarni malakasini oshirish hamda ish faoliyatini boshlashda, tikuvchilik mashinkalarida ishlashda qiyinchiliklarga uchramasliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda o‘quv kurslarini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Qarorga asosan tikuvchilik majmualari foydalanishga qabul qilingandan so‘ng ularni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a'zo bo‘lgan yoki tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moslashgan korxonalarga 5 yil muddatga, 10 foizdan ortiq bo‘lmagan stavkada lizing asosida yoki sotib olish sharti bilan ijaraga berish bo‘yicha ham ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda “O‘zpaxtasanoat” AJ Ishchi guruhi tomonidan lizing shartnomasi ishlab chiqilib, 2019 yilda qurilayotgan majmualardan 48 tasini lizing shartnomasi asosida ishlatish istagini bildirgan tadbirkorlar bilan shartnomalar imzolanmoqda.

“O‘zpaxtasanoat” AJ qoshidagi “Baraka paxta teks” MChJ bosh direktori Babajanov Baxtiyor Kamildjanovich.

Mavzuga oid