O‘zbekiston | 07:39 / 05.11.2019
43375
4 daqiqa o‘qiladi

11ta tashkilot «O‘zpaxtasanoat» tarkibidan chiqariladi

Foto: KUN.UZ

11ta tashkilot “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidan chiqariladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida aytilgan.

Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “O‘zpaxtasanoat” AJ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining:

a) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJ va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarni ro‘yxat bo‘yicha “O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidan chiqarish;

b) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJ ustav kapitalidagi ro‘yxat bo‘yicha aksiyalar paketini, istisno tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga berish;

v) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJni qayta tashkil etish va uning bazasida tarkibiga tashkilotlarni kiritish orqali mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Qoraqalpog`iston agrocluster” zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish;

g) davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga va keyinchalik “O‘zpaxtasanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda kamaytirish orqali “Qoraqalpog‘iston mintaqaviy paxta terminali” MChJ ustav kapitalida “O‘zpaxtasanoat” AJga tegishli ulushni Agroklaster ustav kapitaliga balans qiymatida berish;

d) “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJning “O‘zpaxtasanoat” AJ oldidagi karzini, davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga va keyinchalik “O‘zpaxtasanoat” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini tegishli ravishda kamaytirish orqali so‘ndirish;

ye) 2020-2023 yillarda “Qoraqalpog`iston agrocluster” MChJ va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining prognoz parametrlari to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

“O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidan chiqarilayotgan tashkilotlar ro‘yxati:

“Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJ

“Amudaryo paxta tozalash” AJ

“Xo‘jayli paxta tozalash” AJ

“Beruniy paxta tozalash” AJ

“To‘rtko‘l paxta tozalash” AJ

“Xalqabad paxta tozalash” AJ

“Ellikqala paxta tozalash” AJ

“Qoraqalpog‘iston mintaqaviy paxta terminali” MChJ

“Paro‘az paxta terminali” MChJ

“Qoraqalpoqpaxtatrans” MChJ

“Aqchako‘l oromgohi” MChJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga berilayotgan “Qoraqalpoqpaxtasanoat hududiy birlashmasi” AJ ustav kapitalidagi aksiyalar paketi
RO‘YXATI

“Qoraqalpog`iston agrocluster” zamonaviy agrosanoat klasterini tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
RO‘YXATI

 1.   “Amudaryo paxta tozalash” AJ

2.   “Xo‘jayli paxta tozalash” AJ

3.   “Beruniy paxta tozalash” AJ

4.   “To‘rtko‘l paxta tozalash” AJ

5.   “Xalqabad paxta tozalash” AJ

6.   “Ellikqala paxta tozalash” AJ

7.   “Qoraqalpog‘iston mintaqaviy paxta terminali” MChJ

8.   “Paro‘az paxta terminali” MChJ

9.   “Qoraqalpoqpaxtatrans” MChJ

10. “Aqchako‘l oromgohi” MChJ

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Turkiston Avenue TJMning 3-blokida sotuvlar boshlandi: orzungizdagi xonadon narxi 100% to‘langanda 230 million so‘mdan boshlanadi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi