13:16 / 22.07.2019
10297

MAGATE bosh direktori vafot etdi

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Yukiya Amano 73 yoshida olamdan o‘tdi.

U agentlikka 2009 yil dekabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

Agentlik Amanoning vafoti tufayli o‘z bayrog‘ini tushirib, motam e'lon qilgan.

Hozircha o‘lim sababi ma'lum qilinmadi.

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka 1957 yilda atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish va yadro qurolini tarqatmaslikni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik maqsadida asos solingan. Agentlik bosh ofisi Vena shahrida joylashgan.

Mavzuga oid
Top